Mavzular

Bosh sahifa Mavzular Mavzu: 11
Converted

11-MAVZU: PISA XALQARO BAHOLASH DASTURIDA AQLIY FAOLIYAT TURLARI. PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI DOIRASIDA O‘QUVCHILARNING EGALLASHI KERAK BO‘LGAN KOMPETENSIYALAR

REJA:

1.PISA xalqaro baholash tizimining afzallik jihatlari.

2.PISA tadqiqotlarida sinov usullari.

3.Mavzuga doir topshiriqlar: test, mashqlar.

4.O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan kompetensiyalar.

Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi- PISA (.) turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.

PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.

PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda –, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.

PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

Bir javobli testlar;

Bir nechta javobli testlar;

Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA asosiy yoʻnalishlar

Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.

Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.

Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), , va fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.

Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda, o‘quvchiga o‘qiladigan materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o‘quvchi dam oladigan shanba, yakshanba kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o‘ta muhim.

Asar mazmuni bilan tanishgan o‘quvchi tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida qiynalmaydi.

Asar mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, har bir qismga o‘quvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.

Tuzilgan reja asosida asar mazmuni so‘zlatiladi. So‘zlash jarayonini qiziqarli o‘tkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish o‘rinli. Masalan, Franz Hohlerning “G‘aroyib tun” hikoyasini o‘rganish jarayonida yo Takni, timsohni, eshik ortida turgan qizchani, jumaldan chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash mumkin.

O‘rganilayotgan asardagi voqealar ketma-ketligini yanada mustahkamlash maqsadida “Charxpalak” metodidan ham foydalanish o‘rinli. Bunda asar matni jadvalda aralash holda beriladi.

Har bir qism raqamlanadi. Masalan:

l, 2, 3, 4, 5. raqam joylashgan xona, asardagi gap ro‘parasiga “+”belgisi qo‘yiladi.

Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o‘quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash o‘quvchilardan tabiiy, ijtimoiy, matematik bilimlarni puxta o‘zlashtirishni talab etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi.

Badiiy matn. Permyak Yevgimy Andreevich

“Tanish izlar”

Nikitaning bobosi bog‘bon. Bo‘sh vaqtlarida ov qilishni sevadi. U yaxshi ovchi ham edi. O‘rmon sirlarini yaxshi biladi. Nevarasini ham birga olib yurganda, o‘rmondagi izlarni ko‘rsatardi ko‘rsatib turib, shunday deb takidlardi: -Asr yasha, asr o‘rgan va bil. Bilim hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Nikita bobosini tinglab, o‘zicha o‘ylardi: “Barcha keksalar bolalarga aql berishga usta. Hayvon izlarini bilish menga nima keragi bor, men mashinist bo‘lmoqchiman. Elektr poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat poyezdlar haqida o‘ylardi. Elektrovozlardagi har bir bolt, har bir qismni ko‘zdan kechirardi. Bolalar ham u bilan poyezdlarni tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa to‘g‘ri yo‘ldan o‘rmon orqali qaytishga to‘g‘ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.

Birinchi qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yovvoyi echkini ko‘rib qolisharmidi?! Quyonni ko‘rib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qo‘rqib ketishdi. Kimdir hatto yig‘ladi ham.

-Bu sening gaping bilan bo‘ldi, Nikitka...Endi o‘rmondan qanday chiqib olamiz?

Axir odam yuradigan yo‘lkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, o‘zini oqlamadi. Balki biror kishi bu kimsasiz o‘rmonda uni “eshitarmi” deb o‘ylardi. Birdan Nikita qor ustida izlarni ko‘rib qoldi. Bobosi ko‘rsatgan ko‘p izlardan faqat shu izlarni esda saqlab qolgan edi.

- Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash joyiga olib boraman. Bolalar Nikita ko‘rsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash manziliga keldilar. O‘rmon qo‘riqchisining uyiga. Qo‘riqchining uyidan qishloqqacha esa qatnov yo‘li bor. Tunda ham adashmaysan.

- Sen bizni qanday izlar orqali olib chiqding? – so‘rashdi bolalar Nikitadan .

- It izlari orqali, -javob berdi u.

- It izlari doim yashash joyiga olib keladi. Chunki it o‘rmonda qancha yugurmasin, albatta uyga qaytadi. Buni menga buvam o‘rgatganlar. Nikita uyga charchab qaytgan bo‘lsada, juda baxtli edi. Bir lahza u bobosini qattiq quchoqlab oldi va qulog‘iga nimalardir deb pichirladi. Balki mehribon bobosiga “rahmat” aytgandir.

AXBOROT MATNI

Pingvinlar sayyoramizning janubiy yarimsharida yashovchi g‘aroyib, bir qarashda beso‘naqay bo‘lib ko‘rinuvchi jonivorlardir. Lekin ular faqat quruqlikdagina beso‘naqaydir. Hayotining katta qismini suvda o‘tkazadigan bu qushlar, suvdagina o‘zlarini yaxshi his qiladilar va mohirona ov qiladilar. Pingvinglar hayoti juda mashaqqatli, juda past harorat sharoitidan ularni teri ostidagi qalin yog‘ qatlami va qalin patlari sovuqdan asraydi. Patlarining oq-qora ranglari ham ulami asraydi. Orqa tomonidagi qora rang quyosh issiqligini yutib qo‘shimcha energiya to‘playdi. Pingvinlar qanday yuradi?

Pingvinlar bo‘yi l metrgacha, og‘irligi 30 kilogrammgacha yetadi. Albatta ularga yurish qiyin. Yurishda qushlarga tayanch vazifasini bajaruvchi dumi yordam beradi. Pingvinlaming ko‘payishi hayotidagi juda qiziq bosqichdir. Urg‘ochi pingvin 1 ta tuxum qo‘yadi. Erkagi uni bostirib turadi. Ona pingvin bu paytda o‘ziga yemish topish uchun dengiz tomon yo‘l oladi. Baxtli ota tuxumni qorin xaltasida yashirib qo‘yadi. Energiyani tejash maqsadida pingvinlar bir-biriga juda yaqinlashib, ba’zan joy almashlab to‘da hosil qiladilar. Ikki oydan keyin esa uzoq kutilgan polapon dunyoga keladi.

Agar to‘da yuzlab, ba’zan minglab qushlardan iborat bo‘lsa, bu jarayonda tushunmovchilik kelib chiqadi.

Pingvinlar bolasini qanday tanib oladi?

Hammasi juda oddiy. Pingvinlar bizga turlicha ko‘rinsada, bolasini qichqirig‘iga qarab taniydi. Mitti pingvin onasi chaqirgandan keyin biror mazali narsa bilan siylashini biladi. Urg‘ochi pingvin kichkintoyini oshqozonidagi ezilgan baliq, krevetka, mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlantiradi. Bu jarayon polapon 2 oylik bo‘lgunicha davom etadi.

Pingvinlar qanday raqsga tushadilar?

Buni ular nima uchun va qachon qilishadi?

Pingvinlar o‘z raqslarini urg‘ochi pingvin uchun, hudud uchun, yemish uchun, ba’zan shunchaki yakkakurashlarda g‘alaba qozongach ijro etadilar. Shuning uchun bu raqslarni g‘alaba raqslari ham deb ataydilar. Raqs paytida erkak pingvin u bilan hazillashmaslik kerakligi haqida qichqiriqlar yordamida izhor qilib turadi. Boshqa pingvinlar bu ogohlantirishlardan keyin raqqos bilan jangga kirishishga jur’at ham qilolmay qoladilar.

Testlarga javobni izlashda, savol strukturasiga ahamiyat berish juda muhim. Tajribali kitobxon savolning o‘zidan javobni topa olishi mumkin bo‘ladi.

Tajribasiz kitobxon esa bu borada qiynaladi. Har bir o‘qilgan asarni nafaqat o‘qib balki, uni miyada chuqur “hazm qilish” va baholay olish yaxshi samara beradi. Bolada tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan oilada, maktabda uning ham shaxs sifatida o‘z fikri borligini inobatga olish juda muhim. Xatofikrlarini ota-onalar, o‘qituvchilar bosiqlik bilan tinglab tushuntirishlari katta yoshlilardan tolerantlikni, sabrni talab qiladi. Ba’zan esa hayotning o‘zi ham xatolarimizni tan olishga majbur etadi.

2022-yilda Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro tadqiqotda ishtirok etdi. Oʻzbekiston PISA tadqiqotlarida qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan  bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Yangi resurslar haqida habardor bo‘lish!

Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.