REJA
1. EGMA xalqaro baholash dasturida matematik mulohaza
2. Muammoni hal qilish – matematik modellashtirish sikli
3. EGMA xalqaro baholash dasturida o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan kompetensiylar
4.Respublikamiz va xalqaro doirada EGMA xalqaro baholash sinovlariga tayyorgarlik holati uchun yaratilayotgan sharoitlar
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish boshlangan. Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. EGRA va EGMA tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi. Bu tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019-yil 28-sentyabrda XTV va USAID o‘rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning savodxonligi va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir. Bu vosita bolaning bilimi, o‘qituvchining dars berishi yoki direktorning maktabni boshqaruv ko‘nikmalarini tekshirmaydi. Shuningdek, jarayonda o‘tish yoki yomon baho bo‘lmaydi. Tibbiyot xodimlari bemorga muolaja belgilash, ko‘rikdan o‘tkazishdan avval uni tekshiradi. EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondoshuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi.
EGRA (The Early Grade Reading Assessment) baholash modelining maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq malakalarini rivojlantirish, nutqiy ko‘nikma va malakalarini hamda o‘qish savodxonligini oshirishdan iborat.
EGMA (The Early Grade Mathematical Assessment) baholash modelining maqsadi 2-4 sinf o‘quvchilarining og‘zaki hisoblash malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, matematik savodxonligini oshirishdan iborat. Boshlang‘ich sinflar davomida matematikadan olingan mustahkam poydevor kelajakdagi muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Shuningdek, matematika kelajakda ish joyidagi ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fandir. EGMA bolalarning asosiy ko‘nikmalarini rivojlatirayotganligini aniqlash imkonini beradi, boshqa matematik ko‘nikmalar hosil qiladi va harakatlarni eng yaxshi tomonga yo‘naltiradi. Bu esa ta’lim sifatini oshirishda juda muhim. EGMA quyidagi: raqamni identifikatsiya qilish (raqamni aniqlash); kattalik haqida mulohaza yuritish (raqamlarni kamsitish); raqamlarni tan olish (yo‘qolgan raqam); qo‘shish va ayirish; birinchi va ikkinchi darajalar va so‘z muammolarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz buyuk kelajak sari intilib taraqqiy etgan mamlakatlar atoridan munosib o‘rin egallab bormoqda. O‘sib kelayotgan avlodning ta’lim tarbiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek o‘quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o‘rgatish maqsadida turli dastur va texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib qolmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda har xil zamonaviy, xalqaro dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun esa boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil qilishda ta’lim texnologiyalari, turli xil metod, usullar va tarqatma materiallaridan foydalanish bilan bir qatorda EGRA va EGMA dasturlari haqida ma’lumotlar berib, ularni dars jarayonida qo‘llash ham boshlang‘ich sinf o‘quvchisining rivojlanishi va kamol topishi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu vaqtgacha ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, endilikda EGRA va EGMA dasturlari orqali ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Buning natijasida o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil va tezda bayon etishga o‘rganadilar, o‘z ustida ishlash qobiliyati shakllanadi. Xulosa qilib aytganda yuqoridagi vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi mamlakatimiz ta’lim tizimining xalqaro ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvini ta’minlaydi, sohadagi bo‘shliqlarni aniqlashga, yangi vazifalarni belgilab olishga xizmat qiladi. Eng muhimi, o‘quvchilar bilimini adolatli va shaffof baholashga erishamiz. Shu bilan bir qatorda endigina shakllanib kelayotgan boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga, o‘z g‘oyalarini erkin bayon etishga o‘rgatib kelajagimiz uchun mustahkam poydevor yaratamiz
EGRA va EGMA – umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan modellarga tayanadi. EGRA va EGMA tadqiqoti 937 ta davlat umumta'lim maktabidagi 11 ming nafar o‘quvchining o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz va turkman tillari, shuningdek, ikkinchi til sifatida o‘zbek tiliga oid ko‘nikmalarini .
Baholash natijalari bo‘yicha to‘plangan aniq ma'lumotlar vazirlik va uning hamkorlariga O‘zbekiston o‘quvchilarining ta'limda muvaffaqiyatga erishish, jamiyatning faol hamda samarador a'zosiga aylanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar hisoblangan o‘qish va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid aniq, asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum shunday dedi: «Biz ta'limga sarmoya kiritishni har bir mamlakat bajara oladigan eng muhim amal deb hisoblaymiz. Yosh avlodga investitsiya kiritish kelajakka investitsiya kiritish demakdir. Biz Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshirayotgan ushbu loyiha butun O‘zbekiston bo‘ylab 3- va 5-sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Baholash ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu fanlarni o‘qitishga to‘g‘ri investitsiya kiritish imkonini beradi».
Bugungi kunga qadar USAID EGRA va EGMA baholash tadqiqotini 40 dan ortiq mamlakatda o‘tkazib, to‘plangan ma'lumotlar ushbu mamlakatlarga o‘z o‘quvchilarining o‘qish va matematika bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam bergan.
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.