REJA
1.TIMSS xalqaro baholashda dasturida matematik mulohaza
2.Muammolarni hal qilish va modellashtirish
3.O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan kompetensiyalar
4.TIMSS xalqaro baholash dasturining bugungi kundagi ahamiyati
Matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi TIMSS (ing. TIMSS -Trends in International mathematics and science study) - 4- va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi bo‘lib, tadqiqot ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi () tomonidan tashkil etiladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o‘quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillari o‘rganiladi.
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda, 8-davriylik 2023-yilda tashkil etib kelindi. Shu bilan birga, 1995-yildan beri uch marta (oxirgi marta 2015-yilda) maktabning oxirgi sinfidagi o‘quvchilarning yutuqlarini o‘rganishni o‘z ichiga olgan “kengaytirilgan” tadqiqot (Advanced TIMSS) o‘tkazilgan (Oʻzbekistonda bu 11-sinf, AQShda 12-sinf va boshqalar).
TIMSS tadqiqoti haqida qisqacha ma’lumot
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy maqsadi boshlangʻich va oʻrta maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha ta’lim sifatini qiyosiy baholashdan iborat. Tadqiqotda 4-8-sinf oʻquvchilarining ta’limdagi yutuqlari, jumladan, ularning nafaqat bilim va koʻnikmalari, balki fanlarga boʻlgan munosabati, qiziqishlari va oʻqishga boʻlgan motivatsiyasi ham baholanadi. Tadqiqot shunday tuzilganki, uning natijalari 4-sinf oʻquvchilari 8-sinfga oʻtganlarida, har 4 yilda ishtirokchi mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha taʼlim tendentsiyalarini kuzatib boradi. Shunday qilib, boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarining ta'lim yutuqlari, shuningdek, boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga o‘tish davrida matematika va tabiatshunoslik ta'limidagi o‘zgarishlar nazorat qilinadi.
Tadqiqotni o‘tkazish va uni ishlab chiqishda dunyoning ko‘plab tadqiqot markazlari va professional tashkilotlari ishtirok etadilar: Ta’lim test xizmati (, AQSH), Kanada Statistika Markazi (), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi Kotibiyati (IEA, Niderlandiya), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (, Germaniya) va boshqalar. Shu bilan birga, turli mamlakatlar mutaxassislarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish uchun dunyoning yetakchi ekspertlaridan iborat maslahat qo‘mitalari tuzilgan. Barcha tadqiqotlar Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (, Boston College) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oʻzbekistonda ushbu tadqiqot Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Ma’lumotlar to‘plashning uchinchi o‘n yilligi va yettinchi davriylikni boshlagan TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – bu to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha keng joriy qilingan xalqaro baholash dasturi. TIMSS tadqiqoti doirasida birinchi baholash 1995- yilda o‘tkazilgan va har to‘rt yilda takrorlangan: 1999, 2003, 2007, 2011, 2015, 2019.
TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlari ketma-ketligining eng oxirgisidir. 60 ga yaqin mamlakat global kontekstda o‘z ta’lim tizimining samaradorligini monitoring qilishda TIMSS trend ma’lumotlaridan foydalanadi va har bir davriylikda TIMSS tadqiqotiga yangi davlatlar qo‘shiladi.
Matematika va tabiiy fanlarni baholash bo‘yicha TIMSS tadqiqoti ta’lim samaradorligini monitoring qilishda qimmatli manba hisoblanadi, chunki, odatda,
STEM deb nomlanadigan tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika o‘quv dasturining asosiy yo‘nalishlaridir. Shubhasiz, hatto bugungi kunda ham ko‘pgina ish o‘rinlari uchun matematika va tabiiy fanlardan asosiy tushunchalargaega bo‘lish talab qilinadi va bu kelajakda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. STEM kasblarida ishlaydiganlar ochlikka qarshi kurash va yashash joylarining yo‘qolishi kabi dunyo muammolariga yechim topish, shuningdek, global iqtisodiyotda o‘sish va barqarorlikni qo‘llab quvvatlashga mas’uldirlar. Shuningdek, matematika va tabiiy fanlar kundalik hayotning asosi hisoblanadi.
Tabiiy fanlar - bu tabiat, jumladan, bizning ob-havo, yer va suv, oziq-ovqat va yoqilg‘i manbalarimiz. Matematika bizga kundalik vazifalarni bajarishga yordam beradi va biz tayanadigan kompyuter, smartfon, televizor kabi texnologiyalarni yaratishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash ayni vaqtda muhim hodisa. Agar:
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash samarali tashkil etilsa;
-Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash usul va vositalari faollashtirilsa;
-O‘qituvchi ta’lim jarayonida ijodiy ishlab, matematika va tabiatshunoslik darslarida hayotiy misollar, mantiqiy tushunchalardan o‘rinli foydalanilsa, o‘quvchilarning o‘quv-bilim faoliyat samarali bo‘ladi.
60 dan ortiq mamlakatlar o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma, malakalari darajasini aniqlashning global resursi jahonning eng ilg‘or tajribasi asosida ishlab chiqilgan. TIMSS yordamida o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari:
bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish baholanadi.
“Bilish” bo‘limi o‘z ichiga matematikadan masalalar yechishni olgan bo‘lib, masalalar yechish o‘quvchilardan sonlarning xususiyatlari va oddiy geometrik jismlar haqidagi nazariy bilimlar, ta’riflarni takroran aytib berish, standart grafik va diagrammalardan ma’lumot olishni o‘z ichiga qamrab oladi. O‘quvchilar tabiiy fanlardan alohida organizmlar va obyektlarning xususiyatlari, hodisa va jarayonlar, tabiiy-ilmiy atamalar va o‘lchov birliklari haqidagi bilim darajasini namoyish etishlari kerak.
“Qo‘llash” ga oid test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchilar hayotiy vaziyatlarni o‘zida aks ettiradigan matematik va tabiiy-ilmiy masalalarni yechish, jadval, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qilish, tajribalarni o‘tkazish ko‘nikmalarini namoyish etishlari zarur.
“Mulohaza yuritish”ga oid topshiriqlar o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash malakalarini aniqlaydi. Mulohaza yuritishni talab etadigan masalalar taklif etilayotgan vaziyatning yangiligi, savolning murakkabligi, yechish bosqichlari sonining ko‘pligi, turli bo‘limlardan bilimlarni integratsiyalashning zarurligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin.
TIMSS & PIRLS xalqaro o‘rganish markazining TIMSS 2019ni ishlab chiqish, amalga oshirish va natijalarini hisobot qilish uchun foydalanilgan usul va tartiblar haqidagi texnik hisobotda (Maykl O. Martin, Matias fon Davier va Ina V.S.Mullislar) TIMSS 2019 ga o‘tishning dastlabki bosqichi bo‘lgani uchun turli xil texnik qiyinchiliklar mavjud edi. eTIMSSga, qariyib yarim mamlakatlar baholashni kompyuter orqali boshqaradi, qolgan mamlakatlar esa qog‘oz va qalam formatidan foydalanadi. Shunday qilib, TIMSS 2019 baholash va soʻrovnomalari „e“ va qogʻoz formatlarida ishlab chiqildi va boshqariladi. Keyinchalik, yutuqlarni masshtablashtirishga ko‘p qirrali yondashuv TIMSS shkalasi bo‘yicha har ikkala mamlakatlar to‘plami uchun taqqoslanadigan tendentsiyalar haqida hisobot berishga imkon berdi. TIMSS 2019 muvaffaqiyati barcha ishtirokchilarga, jumladan, TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, IEA Amsterdam, IEA Gamburg, Statistics Canada hamda ishtirokchi mamlakatlardagi Milliy tadqiqot koordinatorlari va ularning jamoalariga berilgan hurmatdir.
2023-yilda IEA va TIMSS & PIRLS xalqaro oʻquv markazi toʻrtinchi va sakkizinchi sinflarda TIMSS (Xalqaro matematika va fanlarni oʻrganish tendensiyalari) sakkizinchi siklini oʻtkazib, oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlar boʻyicha yutuqlari boʻyicha qariyb 30 yillik trend maʼlumotlarini taqdim etadi. TIMSS 2023 TIMSS ning TIMSS 2019 bilan boshlangan raqamli baholashga o‘tishini yakunlaydi, bu texnologiya maktablar va jamiyatda keng qo‘llanilishini aks ettiradi. TIMSS 2023 baholashlari oʻquvchilarni ragʻbatlantiradigan va raqamli muhitdan foydalanadigan yangi va jozibador element formatlari, interfaol xususiyatlar hamda ssenariy asosidagi muammolarni hal qilish va soʻrov vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, TIMSS tadqiqotida o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki vasiylari, o‘qituvchilari, maktab direktorlaridan ularning uydagi va maktabdagi faoliyati hamda matematika va tabiiy fanlarni o‘rganishdagi shart-sharoitlar haqidagi so‘rovnomalarni to‘ldirishlari so‘raladi. So‘rovnomalar puxta ishlab chiqilgan qamrov doirasiga muvofiq holda tuziladi, u TIMSS milliy tadqiqot koordinatorlari va TIMSS so‘rovnoma savollarini ko‘rib chiqish qo‘mitasining xalqaro ekspertlari tomonidan takroriy ko‘rib chiqishlar orqali har bir baholashda yangilanadi. Ushbu so‘rovnomalardan olingan ma’lumotlar ta’limni yaxshilash yo‘llarini taklif eta oladigan va muhim masalalarni ko‘tara oladigan ta’lim siyosati va amaliyotlarining amalga oshirilishi haqida tasavvur hosil qiladi.
TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish dinamikalarini muntazam baholashga, mazmun sohasi va ta’lim olish uchun kontekstlarda paydo bo‘ladigan muammolarga e’tibor qaratiladi hamda samarali usul va faoliyat ishtirokchi mamlakatlarda ta’limga oid qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish to‘g‘risida olingan ma’lumotlar bilan kontekstli so‘rovnomalar shkalalari birgalikda quyidagi maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin:
• tizim darajasidagi o‘zlashtirish dinamikalarini global kontekstda monitoring qilish;
• TIMSS tadqiqotlari natijalaridan ta’lim siyosatini yurituvchilarni xabardor qilish va yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan siyosatning samaradorligini monitoring qilishda foydalanish;
• Past natija ko‘rsatayotgan har qanday hududlarni aniqlash va o‘quv dasturlarini isloh qilishni rag‘batlantirish;
• o‘tgan davriylikdagi to‘rtinchi sinf kogortasi keyingi davriylikda sakkizinchi sinfda qanday ishlashini kuzatish;
• uy va maktabda ta’lim olish va ta’lim berish sharoitlariga bog‘liq holda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirishlari haqidagi muhim ma’lumotlarni olish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi?
Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda?
Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan?
Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi.
Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etishi global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi.
Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Oldimizdagi dolzarb vazifalar Xalqaro miqyosdagi test sinovlaridan o‘tayotgan o‘g‘il-qizlarimiz shu talabga javob beradigan bilim, malaka, ko‘nikmani egallagan va ularda shunga muvofiq kompetensiya shakllangan bo‘lishi lozim.
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi.
Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS – Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang‘ich ta’limning 4-sinf o‘quvchilari va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 6 marta o‘tkazildi. 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda.
1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015-yilda) maktab bitiruvchilarining (Rossiyada 11-sinf, AQShda 12-sinf) yutuqlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan xolda kengaytirilgan tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi.
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Taqdqiqot o‘tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta’limning mazmun mohiyati va o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar qo‘shimcha o‘rganiladi. Xalqaro testga qo‘shimcha bo‘lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar test natijalariga ya’ni o‘quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini ko‘rsatib berishga yordam beradi.
Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning ko‘plab ilmiy tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta’lim sohasidagi test xizmatlari: (ETS- Educational Testing Service SShA), Kanadaning statistik markazi (Statistics Canada), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati (IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma’lumotlar markazi (DPC IEA – Data ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maslahat qo‘mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SShA)
Rossiyada ushbu tadqiqot (ta’lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta’lim akademiyasining fan, ta’lim mohiyati va uslubi instituti xamda fan va ta’lim vazirligi va regionlarning ta’lim boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqotning tasnifi. TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus hujjat olingan “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yo‘nalishlarga umumiy yondashgan holda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha berilgan, shuningdek o‘quvchi topshiriqni bajarayotganda o‘rganish faoliyatining barcha turlari namoyish etiladi, so‘rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar o‘quvchiga, o‘qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan tariflarning sanab o‘tilgan turlari va topshiriqlari ko‘rsatiladi.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.
TIMSS 2023 sinovlarida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan aqliy jarayonlarni tasvirlaydigan uchta sohaga bo‘linadi: bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish.
Birinchi kognitiv soha “Bilish” o‘quvchilarning yodga olish, tushunish, tasvirlash, tushunchalar, usullar, faktlarga dalillar keltirish qobiliyati bo‘lib, tabiiy fanlar uchun mustahkam asos sanaladi. Ikkinchi kognitiv soha “Qo‘llash” bo‘lib, unda obyekt yoki ma’lumotlarni taqqoslash, tabiiy fanlarga oid tushunchalarni muayyan kontekstga bog‘lash, izohlar yaratish va amaliy masalalarni hal qilishda ushbu bilimlardan foydalanishga e’tibor qaratiladi. Uchinchi kognitiv soha “Mulohaza yuritish” bo‘lib, odatda, unda notanish vaziyatlar va murakkab kontekstlarni tahlil qilish, sintez qilish va umumlashtirish.
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.