Mavzular

Converted

6-MAVZU: EGMA XALQARO BAHOLASH DASTURI MAZMUN VA MOHIYATI. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI ERTA YOSHDAN MATEMATIK TESTLARGA TAYYORLASH

REJA

1.EGMA xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati

2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni matematik testlarga tayyorlash

3.EGMA xalqaro baholash dasturidan namunalar

4.Tadqiqot va ma’lumotlar sifati tamoyillari

Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish boshlangan. Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.EGRA va EGMAtadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.Bu tadqiqotlar O‘zbekistonRespublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019-yil 28- sentyabrda XTV va USAID o‘rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang‘ich sinf o‘qivchilarning savodxonligi va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir. Bu vosita bolaning bilimi, o‘qituvchining dars berishi yoki direktorning maktabni boshqaruv ko‘nikmalarini tekshirmaydi. Shuningdek, jarayonda o‘tish yoki yomon baho bo‘lmaydi. Tibbiyot xodimlari bemorga muolaja belgilash, ko‘rikdan o‘tkazishdan avval uni tekshiradi. EGRAva EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondoshuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladian 940 ta maktabda oʻtkaziladigan Boshlangʻich sinflarda oʻqish va matematika koʻnikmalarini baholash boʻyicha Milliy dasturni qoʻllab-quvvatlash.

2022-yil 5-may kuni O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika fanlaridan bilimlarini baholash milliy dasturi (EGRA va EGMA) natijalari e’lon qilindi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan tadqiqot vazirlikka keyingi ta’lim islohotlari bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga ko‘mak beradi.AQSh agentligi EGRA va EGMA dasturlarini O‘zbekistonda yetti tilga (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) va o‘zbek tili ikkinchi til sifatida o‘qitiladigan maktablarga moslashtirish uchun Respublika ta’lim markazi va AKTni rivojlantirish markazi bilan hamkorlik qildi. Mazkur dasturlar doirasida mamlakatning turli tillarda ta’lim beruvchi 935 maktabdan 21 ming nafar o‘quvchining bilimi baholandi. “Baholash natijalari katta umid va optimizm bag‘ishlaydi. Butun dunyo bo‘ylab maktab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya sharoitiga qaramay, O‘zbekistonning 3-sinf o‘quvchilari boshlang‘ich o‘qish va matematika ko‘nikmalari bo‘yicha mustahkam poydevorlari borligini namoyish etishdi. Ularning natijalari qo‘shni mamlakatlardagi tengdoshlari bilan barobar yoki undan ham yaxshiroq bo‘ldi”, – deb xabar beradi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.Ayni choqdada, o‘quvchilar o‘qilgan matn mazmunini tushunish ko‘nikmasini yanada chuqurroq egallashlari, matematika tushunchalari va yuqori darajadagi matematika ko‘nikmalarini yangi vaziyatlarga tatbiq qilishga ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etilgan. Ma’lumotlar viloyat va til guruhlari kesimida ko‘rsatkichlar orasidagi farqni ham yuzaga chiqardi. Bu esa vazirlikka O‘zbekistondagi barcha o‘quvchilar uchun ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan puxta qarorlar qabul qilishda yordam beradi.«Ushbu tadbir Xalq ta’limi vazirligi uchun katta natijadir. AQSh va O‘zbekiston yuqori sifatli ta’lim taraqqiyotga dalda beruvchi kuch va kambag‘allikni qisqartirib, salomatlik, gender tenglik, tinchlik va barqarorlikni yaxshilovchi eng kuchli vosita ekanligi haqida mushtarak qarashga egalar. USAID va Xalq ta’limi vazirligining so‘nggi ikki yildagi sa’y-harakatlari ishonchli ma’lumotlarni to‘plash va tarqatishga olib keldi», – deydi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum. Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevga ko‘ra, EGRA va EGMA kabi xalqaro miqyosda tan olingan baholashlar asosida chora-tadbirlarni amalga oshirish zamon talabidir. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda USAID va Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘quvchilarni o‘qish va matematika fanlaridan ko‘nikmalarini keng ko‘lamli milliy baholash dasturini amalga oshirish haqida kelishuvga  2019-yil 28-sentyabr kuni ikki davlat o‘rtasida ta’lim taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha muhim kelishuv imzolagandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati kelgusi besh yil davomida mamlakatimiz ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar mablag‘ ajratadi. Xalqaro baholash tizimini joriy etish loyihasi ana shu besh yillik kelishuvning dastlabki bosqichi

Boshlangʻich sinfda oʻqish koʻnikmalarini baholash (EGRA)

-oʻgzaki ravishda 2-chi va 4-chi sinf oʻquvchilari orasida oʻtkaziladi

Boshlangʻich sinfda matematika koʻnikmalarini baholash (EGMA)

-oʻgzaki ravishda 2-chi sinf oʻquvchilari orasida O‘zbek, Rus, Qozoq, Turkman, Qizg‘iz, Qoraqalpoq, Tojik tillarida oʻtkaziladi

Guruhda oʻtkaziladigan Matematikani baholash

Qogʻozga asoslangan test 4-sinfda oʻtkaziladi

Ma’lumotlar planshet/Tangerine-ga baholovchilar tomonidan kiritiladi

Tadqiqot va ma’lumotlar sifatini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻqitish usullari

Nazariya va amaliyotning birikmasi

Faol ishtirok (savollar, javoblar, fikr-mulohaza, munozara)

Hamkor bilan kichik guruhdagi amaliyot

Avval qogʻozda oʻrganing, keyin planshetlarda

oʻzaro fikr va mulohazalar

Baholovchi bahosining aniqligi (BBA)

Bolalar bilan mashq qilish uchun maktabga tashrif

Tadqiqot va ma'lumotlar sifati tamoyillari:

Axloq

Tadqiqot va ma'lumotlar sifati tamoyillari: Ishonchlilik

Tadqiqotlar va ma'lumotlar sifati tamoyillari: Amal qilishi

Tadqiqotlar va ma’lumotlar sifati tamoyillari: Xolislik

Ma’lumot sifatiga qaratilgan qoʻshimcha choralar

Baholovchi Bahosining Aniqligi (BBA)

Baholovchilarning aniq baho qoʻyish va suhbat javoblarini yozib olish qobiliyatini baholash; tayyorlov davomida ikki marta oʻtkazildi

Ma'lumot toʻplash tadbirlarida ishtirok etish uchun baholovchilar (90% yoki undan yuqori) aniqlik bilan ishlashi kutiladi

Elektron ma’lumotlar toʻplash

Xatolar va kamchiliklarning oldini olishga yordam berishga moʻljallangan, ammo ahmoqona xatodan xoli emas

Har bir inson baholashni va suhbatlarni oʻtkazish uchun planshetlar va Tangerine dasturiy ta'minotidan foydalanishga oʻrgatiladi

BBA oʻzi nima?

Baholovchi Bahosining Aniqligi – bu baholovchi sifatida EGRA va EGMA-ni oʻtkazish qobiliyatingizni individual baholash.

BBA testlari:

Sifat: Baholovchilar bolani aniq baholaydilarmi?

Ishonchlilik: Baholovchilar bolani bir xil baholaydimi?

Nima uchun BBA-lar oʻtkazamiz?

Tangerine-ga kiritilgan natijalar haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun.

Biz baholarning oʻzgarishi baholovchilarning oʻquvchilarni qanday baholagani farqiga emas, balki haqiqatga asoslanganligini koʻrsatishni istaymiz.

Javoblarni toʻgʻri kiritishda muammoga duch kelishi mumkin boʻlgan baholovchilarni aniqlash. Ma’lumot yigʻishdan oldin ularga qoʻshimcha yordam koʻrsatilishini ta’minlash.

Biz 10% dan ortiq kelishmovchiliklari boʻlgan baholovchilarni koʻz ostiga olamiz. Ma’lumot toʻplash uchun tanlab olinish uchun baholovchilar 90% yoki undan yuqoriroq kelishuvga erishishlari kerak

BBA-larni qanday oʻtkazamiz?

oʻqish va matematik baholashni audio/videoga yozib oling

2.Hamma baholovchilar namoyishni tinglaydilar/tomosha qiladilar va bir vaqtning oʻzida javoblarni planshetlarda belgilaydilar

3.Toʻgʻri javoblar bilan “oltin standard” yoki javob kaliti ham kiritiladi

4.Biz har bir baholovchining javoblarini “oltin standart” bilan taqqoslaymiz, baholovchi bahoni qanchalik aniq belgilaganini oʻlchaymiz.

BBA-larni qachon oʻtkazamiz?

Yangi resurslar haqida habardor bo‘lish!

Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.