REJA
1.PISA (Programme for International Student Assessment) baholash tadqiqotlari.
2.PISA matematikaga oid mazmun sohalari xususiyatlari
3.Matematikaga oid , mazmun sohalariga oid testlarning tuzilishi.
4.Matematikaga oid mazmun sohalari.
Uchta yo‘l bilimga olib boradi:
Fikrlash va anglash – bu eng oliyjanob yo‘l,
Tahlil qilish – bu eng oson yo‘l
Tajriba qilish – bu eng achchiq yo‘ldir.
Tajriba – eng zo‘r o‘qituvchidir.
Lekin u juda katta hisoblarni taqdim etadi. Hamma odamlar xato qiladilar, lekin bu asosiysi emas. Asos esa bundan qanday tajriba orttirishdadir.
Oleg Roy
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika, va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA Xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeyini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi. PISA-15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni mamlakatdagi jami15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
PISA tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
1.Ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli Xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
2.Tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadi;
3.Tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini hayotda qo‘llay olish layoqati baholanadi; 4.Tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy yo‘nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;
5.Tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi;
O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga egadir:
-O‘zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorgarligini aniqlash;
-Mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
-O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish;
Tadqiqot o‘tkazish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Barcha o‘quvchilar uchun bir xil test savollari berilmaydi.
PISA tadqiqotlarida qo‘llaniladigan test savollari odatda mamlakat ta’lim tizimi samaradorligini baholash uchun ishlab chiqiladi. Tadqiqot savollari o‘quvchilarni individual baholash uchun mo‘ljallanmagan. Shu sababli, har bir o‘quvchiga bir xil namunadagi savollar to‘plami tarqatilishi talab etilmaydi. Shunday qilib, PISA test materiallari to‘plami testda qatnashgan o‘quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida taqsimlanadi. PISA- 2015 tadqiqoti kompyuter tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi. Buning o’ziga xos ahamiyati nimada? Kompyuter va kompyuter texnalogiyalari kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. PISA Xalqaro baholash dasturini kompyuterda o‘tkazish ana’nasi ham ijobiy ma’noda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2015-yil PISA Xalqaro baholash dasturida qatnashish istagini bildirgan ko’plab davlatlarda Ilk marta kompyuter yordamida test jarayonlari o’tkazilgan. Faqat kompyuterda o’tkazishga tayyor bo’lmagan ayrim davlatlardagina test sinovlari qog’oz ko’rinishida o‘tkazilgan.
Mamlakatlarda PISA tadqiqotlarida ishtirok etish uchun maktablar qanday tanlab olinadi?
PISA tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish uchun qat’iy texnik standartlarni qo’llaydi. Maktablarni tanlab olish jarayoni sifati ta’minlanadi erishilgan namunalar va tegishli javob stavkalari belgilangan normalarga rioya qilganligini tasdiqlaydigan qaror qabul qilish jarayoniga bog‘liq. Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o’sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Quyida matematik savodxonlik bo‘yicha topshiriqlar to‘plamlari beriladi.
Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlariga tayyorgarlik natijalari sarhisobi, taʼlim sifatini baholash boʻyicha mahalliy ekspertlar tadqiqotlari natijalari tahlil etilmoqda.
Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan. PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Stesting” loyihasi doirasida 100 dan ortiq trenajor video yaratildi va “Stesting” platformasi ishga tushirildi. Bu platforma oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni oʻz ichiga olgan. Unga 1500 tadan ortiq test joylashtirilgan.
Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtiroki
2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.
24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi.
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha– IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida nimalar deya olasiz?
–Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri – 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020-yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman.
Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral).
Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ygan.
Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qo‘yilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki ta'lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobat-bardosh qiladigan yo‘nalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin bo‘ldik.
Bizning nazarimizda, birgalikda o‘tkazayotgan seminarlarimiz O‘zbekistonning raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so‘ng o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O‘zbekiston ta’lim inspeksiyasi va vazirlik tomonidan o‘zbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o‘rganish, tadqiqotga qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.
Ishonchim komilki, o‘zbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori baholay olaman.
PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga bog‘liq, deb aytishmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to‘g‘ri yo‘ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.
Topshiriqlar namunalari PISA tadqiqotining topshiriqlari bo‘lib, ular muayyan fan yoki mavzularga mos kelishni ko‘zda tutmaydi. Shunday bo‘lsada, ba’zi hollarda fanlarning qaysidir mavzusiga tegishli bo‘lishi yoki hech qaysi mavzuga mos kelmasligi ham mumkin. PISA tadqiqotlarining ochiq topshiriqlarini atroflicha o‘rganish, shu topshiriqlarga o‘xshash yoki ularni yechishga yordam beradigan topshiriqlarni ishlab chiqishga qiziqqan, ilmiy tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun mazkur axborotnomadagi materiallar munosib manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, PISA topshiriqlari yetuk tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunga o‘xshash topshiriqlarni ishlab chiqish uchun alohida tayyorgarlik va chuqur bilim talab etiladi
MATEMATIK SAVODXONLIK
Axborotnomaning ushbu bo‘limida PISA dasturi doirasidagi o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash yo‘nalishiga oid topshiriqlardan namunalar, ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar va baholash mezonlari keltirilgan. Shu o‘rinda matematik savodxonlik tushunchasi haqida qisqacha ta’rif berib o‘tish o‘rinli hisoblanadi.
Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o‘z ichiga oladi. U insonlarga matematikaning olamdagi o‘rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o‘zini o‘zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo‘lgan, asosli hukm va qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
PISA topshiriqlarini yechishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda matematik masalani shunchaki yechish emas, balki masaladan oldin keluvchi muammoli vaziyatning tavsifi (konteksti)ni mulohaza yuritish orqali o‘rganib, uni matematik tilga o‘girib ifodalash, ya’ni matematik masalaga keltirish kerak bo‘ladi. Shundan keyingina masalani matematik bilimlarni qo‘llab yechishga kirishiladi. PISA topshirig‘ining konteksti, bu – real hayotiy vaziyatning matnli tavsifidan iboratdir. Kontekst qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy va ilmiy kabi to‘rtta topshiriqlar turkumiga doir bo‘lishi mumkin. Shuningdek, berilgan topshiriqlar matematika fanining miqdorlar, o‘zgarish va munosabatlar, fazo va shakl, ma’lumot va noaniqliklar kabi to‘rtta mazmun sohalari bo‘yicha taqsimlanadi. Darslikda xalqaro dastur doirasida 2000-yildan boshlab o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida matematik savodxonlik, uni baholash bo‘yicha tuzilgan topshiriqlardan namunalar keltirilgan.
PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.
Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000-yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan.
Siz ishtirok etadigan yo‘nalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin ularni to‘g‘ri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet mamlakatlarida bo‘layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.
Xuddi shu maqsadda vebinar davomida Belarus va Qozog‘iston Respublikasining natijalarini ko‘rsatib o‘tdim. Bu sizga ilgari umumiy ta’lim tizimiga ega bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini ko‘rish imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani haqida tushunchaga ega bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda natijalar qanday bo‘lishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib bo‘lmasa kerak. Ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina (ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o‘rtacha xalqaro natijalari ancha past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib o‘tdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yo‘nalishga ega edi. Bu juda muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.
Shuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g‘oya va islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish bo‘yicha mamlakatni tayyorlash kerak.
Xalqaro ekspert sifatida MDH davlatlari ta’lim tizimi va ularning xalqaro tadqiqotlar borasidagi tajribasi bilan tanishsiz. Sizningcha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar PISAning qaysi sohalarida yaxshi natijalar ko‘rsata oladi va qaysilarida esa yo‘q?
Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yo‘q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo‘yicha o‘z taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi deb o‘ylayman.
Gap shundaki, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018-yilda bir oz yomonlashganini ko‘rdik. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi:
-ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan matnlar.
Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin, deb o‘ylaymiz. Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy fanlardan, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatingiz ham dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi.
RЕAKSIYA VAQTI
Yaqin masofaga yugurish musobaqasida qo‘llaniladigan «reaksiya vaqti» start to‘pponchasidan o‘q uzilishi va sportchining start chizig‘idan yugurishni boshlangandagi vaqt oralig‘i sanaladi. “Final vaqti” esa reaksiya vaqti va yugurish vaqtidan iborat. Quyidagi jadvalda 100 metrlik yugurish musobaqasida ishtirok etayotgan 8 nafar sportchining reaksiya va final vaqtlari berilgan.
RЕAKSIYA VAQTI
1-savol.
Mazkur musobaqada ishtirok etuvchilar orasidan oltin, kumush va bronza medallari sohiblarini aniqlang. Quyidagi jadvalga medal sohiblarining yo‘lak raqamlari, reaksiya va final vaqtlarini yozing.
1-savolning baholash mezoni. Matematikaga oid mazmun sohasi: ma’lumotlar va noaniqliklar. Konteks: kasbiy Aqliy faoliyat turi: talqin qilish.
O‘quvchi tomonidan jadval to‘g‘ri to‘ldirilsa, ushbu javobni to‘liq qabul qilinadi va to‘liq kredit beriladi.
O‘quvchi tomonidan quyidagi javoblar berilganda, ushbu javoblar qabul qilinmaydi va kredit berilmaydi:
Kod 0: Noto‘g‘ri javoblar yozilgan. Kod 9: Javob yozilmagan
2-savol.
Ma’lum bo‘lishicha, hech qanday inson start to‘pponchasidan o‘q uzilganidan keyingi 0.110 sekunddan kam vaqt bo‘lsa, “flastar” deb baholanadi, chunki sportchi o‘q tovushini eshitishdan avval yugurushni boshlagan degan qarorga kelish kerak. Agar Bronza medal sohibining reaksiya vaqti tezroq bo‘lsa, u kumush medal sohibi bo‘lishi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
2-savolning baholash mezoni: Matematikaga oid mazmun sohasi: ma’lumotlar va noaniqliklar. Konteks: kasbiy Aqliy faoliyat turi: talqin qilish.
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar to‘liq qabul qilinadi va kredit beriladi:
Kod 1: “Ha” javobi berilgan va javob yetarlicha yoritilgan:
Ha. Agar uning reaksiya vaqti 0,05 sekundga tezroq bo‘lsa, u ikkinchi o‘ringa loyiq deb topiladi.
Ha. Agar uning reaksiya vaqti 0,166 sekundga tengyoki undan kam bo‘lsa, u kumush medali sohibi bo‘lishi mumkin.
Ha. 9,93 reaksiya vaqti bilan u kumush medalini yutib olishi mumkin. O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar qabul qilinmaydi va kredit berilmaydi:
Kod 0: Boshqa javoblar berilgan.
Kod 9: Javob yozilmagan.
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.