Taqdimotlar, tarqatma materiallar
2-tarqatma material
PIRLS topshiriqlari uchun tuzilgan namuna. 4-sinf darsligida berilgan Xudayberdi To‘xtaboyevning “Erkacholning o‘rigi” hikoyasi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS - baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga harakat qilamiz. 4-sinf kitobida berilgan Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Erkacholning o‘rigi” hikoyasini tahlilga tortamiz. O‘quvchilar hikoya matni bilan tanishtirilgach asarning voqealar rivojini mazmun mohiyatini , g‘oyasini badiiyatini, shaklini va umumiy xulosasini tahlil asosida o‘rganib o‘quvchmmg savodxonlik darajasini aniqlaymiz. O‘quvchilar matnni mazmunini chuqur anglab yetishi uchun har bir so‘z mohiyatini anglab yetishi uchun va matndan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berishi uchun test topshiriqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
1. Asar qahramoniga Erkachol kim bo‘lgan?
A) Hamkasbi
B) Bobosi
D) Qo‘shnisi.
2. “Qoraqandak” o‘rik navi nima uchun bunday atalgan?
A) Quriganda shirasi ko‘p bo’lganligi sababli rangi qorayib qolgani uchun
B) Suvli yerda o‘sganligi sababli
D) Tog‘da o‘sganligi sababli
3. O‘rik ko‘chatini qaysi qishloqdan olib kelishgan?
A) Qashqar
B) Qoraqamish
D) Qorovultepa
4. Nima uchun asar qahramoni tarbiyasi bilan bobosi shug‘ullangan?
A) Otasi bilan onasi ajrashganligi sababli
B) Otasi va onasi uzoq safarga ketganligi sababli
D) Otasi olamdan o‘tgach onasi boshqa turmush qurganligi sababli
5. O‘rik nihollarini ekayotganda orasidan qancha masofa joy qoldirib ekishdi?
A) 8-10 gaz
B) 5-6 gaz
D) 10-12 gaz
6. Qoraqandak o‘rigi qanday yerda o‘sadi?
A) Faqat suvli yerda o‘sadi.
B) Tog’ yonbag’irlarida o‘sadi.
D) Faqat suvsiz yerda o ‘sadi.
7. Erkacholning o‘rigi haqida gap ketganda nima uchun yozuvchi “Yuragim hapqirib ketdi. Shirin-shirin entika boshladim”.- deb yozadi?
__________________________________________________________
8. “Sutga to‘ymagan qo‘zi” iborasi bolaga nisbatan aynan qaysi o‘rinda ishlatilgan?
__________________________________________________________
9. “Yaxshidan bog’ qoladi” maqolini hikoyaga qanday aloqasi bor?
_______________________________________________________________
10. “Meni qanchalik suyib erkalasalar, nihollarni ham to hosilga kirgunicha erkalaganlar” ma’nosini izohlang?
__________________________________________________________
2-sinf o‘qish kitobidan CHUMCHUQ BOLA O‘ktam Usmonov
Muallif: Boboxon chumchuq bolani rosa qiynadi: suvga solib suzdirdi, qanotlarini yoyib, hilpillatdi. Keyin oyog‘iga ip bog‘lab, ko‘chaga olib chiqdi. Ko‘chada Tal’atga duch keldi. Tal’at Boboxonni ko‘rdi-yu, qovog‘i solindi. Boboxon judayam o‘jar bola edi. Tal’at shosha-pisha yonini kovlashtirdi: kissasida yarimta o‘chirq’ich bilan kecha ochgan qizil qalami bor ekan.
Tal’at: - Mana rangli qalam, agar xo‘p desang, mana bu ochirg‘ichni ham beraman.
Boboxon: - Buni alishvolib nima qilasan? - dedi.
Tal’at: - Hozir bilasan nima qilishimni.
Muallif: - Tal’at chumchuq bolaning oyog‘idagi ipni avaylab yechdi. Yuragi duk-duk urayotgan bechora qushchani bir-ikki siladi-da, keyin birdan osmonga qo‘yib yubordi. «Bor, uchaver!» deb qo‘yib yubordi. Boboxon goh qo‘lidagi o‘chirg‘ich bilan qalamga, goh pat-pat qanot qoqib uchib ketayotgan chumchuqqa, goh istehzo bilan kulimsirab turgan Tal’at o‘rtog‘iga javdirab, nima qilishini bilmay, hang-mang bo‘lib qoldi.
Topshiriqlar
1-topshiriq. Boboxonga ta’rif bering.
____________________________________________________________________________________________________________________
2-topshiriq. Tal’atga ta’rif bering.
____________________________________________________________________________________________________________________
3-topshiriq. Tal’at bilan Boboxonni taqqoslang.
Venn diagrammasi
4-topshiriq. Test.
Boboxon chumchuq bolasini nima qildi?
a) uchirib yubordi b) qiynadi d) in solib berdi
Chumchuq qanday qush?
Kichkina b) katta d) vahshiy
Tal’at qushga nima deydi?
bor, uchaver b) ket-ket d) sayrab ber
Boboxon chumchuqni nimaga alishdi?
Qalam b) o‘chirg‘ich d) o‘chirg‘ich, qalam
Chin do‘st yurakdan so‘zlar. Maqolmi, topishmoqmi, tez aytishmi?
a) tez aytish ) topishmoq b) maqol
5-topshiriq. Tal’atni o‘chirq’ich bilan qalamini Boboxonga berishga nima majbur qildi?
__________________________________________________________
__________________________________________________________
6-topshiriq. Qanday qushlarni bilasiz? „Klaster“ni toʻldiring.
7-topshiriq. 5-6 – topshiriqni bajardingizmi? Nima uchun 6-7 – topshiriqlar qushlar va oʻquv qurollari haqida?
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
8-topshiriq. Matnga yana qanday sarlovha qo‘yish mumkin? Nima uchun?
____________________________________________________________________________________________________________________
9-topshiriq. Oʻquv qurollarining narxini bilasizmi?
Portfel - _________________________________________
Daftar - _________________________________________
Ruchka - ___________________________________________
Qalam - ____________________________________________
Oʻchigʻich - _________________________________________
Rasm daftar - _______________________________________
10-topshiriq. “Boboxon Tal’atning qilgan ishidan hang-mang bo‘lib qoldi”.
Togʻrimi? Shu tobda Boboxonning xayolidan nimalar kechdi deb oʻylaysiz?
__________________________________________________________
__________________________________________________________
11-topshiriq. Qushlarning foydali va zararli jihatlarini yozing.
__________________________________________________________
__________________________________________________________
12-topshiriq. Sizningcha hozirda qushlarga munosabat qanday?
__________________________________________________________
__________________________________________________________
13-topshiriq. Oxirgi marta qachon qushlarga gʻamxoʻrlik qilgan edingiz?
Nimalar qilgan edingiz?
__________________________________________________________
__________________________________________________________
14-topshiriq. O‘ktam Usmonov haqida nimalar bilasiz?
__________________________________________________________
__________________________________________________________
15-topshiriq. Boboxonga oʻxshagan bolalarga nimalar degan bo`lardingiz?
__________________________________________________________
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.